Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Sidney shimolidagi barcha plyajlar akula hujumlaridan keyin yopildi

Sidney shimolidagi barcha plyajlar akula hujumlaridan keyin yopildi

Sidney shimolidagi barcha Sidney shahar plyajlari akula hujumi xavfi yuqori bo‘lgani sababli jamoatchilik uchun yopildi.

Bu haqda Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati polisiyasi e’lon qildi.

"Sidneyning shimoliy tomonidagi barcha plyajlar keyingi xabarnoma berilgunga qadar yopiq va bu qaror doimiy ravishda ko‘rib chiqiladi", deyiladi agentlik uchinchi akula hujumidan keyin bergan bayonotida. Bu 19 yanvar kuni kechqurun shaharning shimoliy qismida joylashgan shahar plyaji bo‘lgan Menli-bichda sodir bo‘lgan.

Shuningdek, so‘nggi 48 soat ichida odamga qarshi to‘rtinchi akula hujumi 20 yanvar kuni ertalab Yangi Janubiy Uels qirg‘og‘ida qayd etilgani haqida xabar berilgan. Hodisa Sidneydan 400 kilometr shimolda, mintaqaning Markaziy qirg‘og‘ida joylashgan Poynt-Plomer plyajidla sodir bo‘lgan. Hujumdan so‘ng 39 yoshli erkak oyoqlarida jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!