Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Sichqon yilida 12 burjning shiori nima!

Sichqon yilida 12 burjning shiori nima!

Sichqon har bir burj belgisi uchun omad keltirishi mumkin, ammo unga muvofiq hayotingizni quradigan shiorni to‘g‘ri tanlash kerak.

Qo‘y — Dangasalik qilmang!

Bu yilda barchasi o‘zingizga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun siz qancha eksangiz, shuncha ko‘p hosil olasiz. Siz o‘zingizni ayasangiz, hech narsa qilmasangiz – mo‘’jiza kutish befoyda, agar urinib ko‘rsangiz, ko‘p mehnat qilsangiz, qilingan mehnatingiz yuz baravar foyda keltiradi.

Buzoq — Yaxshilik qidiring!

Yangi yilda ko‘p qiyinchiliklar bo‘ladi, bunga tayyor turishingiz kerak, ammo barcha qiyin davrlar foyda keltiradi. Asosiysi, uni ko‘ra bilish va pessimizmga taslim bo‘lmaslik.

Egizaklar — O‘ylang!

Bu yil shoshilishning hojati yo‘q, poyga sizni yaxshilikka olib kelmaydi. Omad sizga hamroh bo‘ladi, lekin aqlliroq, donoroq bo‘ling, aks holda siz hamma narsani barbod qilasiz. Puxta o‘ylasamasdan harakat qilmang!

Qisqichbaqa — O‘zgarishlardan cho‘chimang!

Siz o‘zgarishlardan juda qo‘rqasiz, biroq eski narsalardan porloq kelajak uchun vaqti-vaqti bilan voz kechishingiz kerak. O‘zingizga ishoning va Sichqon muchali sizga, albatta, yordam beradi.

Arslon — Quvoning!

Siz kelayotgan Sichqon yilining eng yoqimli burjlari qatoridasiz, shuning uchun boshlagan barcha ishlaringiz muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Parizod — Seving!

Sizning kuchingiz muloqotda, odamlarga muhabbatda. Odamlar bilan til topishing va sevgingizni uchratishga tayyor turing.

Tarozi — O‘lchang!

Bu yil ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilash eng muhim hisoblanadi. Siz birdaniga hamma narsaga erisha olmaysiz, shuning uchun siz uchun haqiqatan ham, muhim bo‘lgan narsalar to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring.

Chayon — Tavakkal qiling!

Eski yil zerikarli edi, lekin oldinda juda qiziq, yangi va yorqin voqealar kutilmoqda. Zavqli hayotga sho‘ng‘ing, qo‘rqmang, dadil bo‘ling.

O‘qotar — Dam oling!

O‘zingizga dam olish uchun sharoit yaratishingiz kerak, aks holda siz tezda nolga tushasiz. Agar bo‘sh vaqtingizni va dam olishingizni rejali va mazmunli tashkil qilmasangiz, sog‘lig‘ingizda muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Tog‘ echkisi — Qo‘rqmang!

Ichki qo‘rquvingiz sizga halaqit beradi, agar siz fobiyalaringizni yengib o‘tolmasangiz, orzularingizni bekor qilishga to‘g‘ri keladi. O‘zgarish yaxshi tomonga bo‘ladi, tezroq bir qarorga keling!

Qovg‘a — Taslim bo‘lmang!

Bu yili o‘zingizni qo‘lga olishingiz kerak bo‘ladi, aks holda to‘siqlarni yengib o‘tolmaysiz. Umuman olganda, sichqon sizning qat’iyliligingizni, albatta, qo‘llab-quvvatlaydi, shuning uchun siz taslim bo‘lolmaysiz.

Baliq — Oling!

Bu yilda o‘zingizning harakatlaringiz uchun mukofotlanasiz - ilgari qilingan barcha yaxshiliklar sizga ko‘p miqdorda qaytadi, ammo bu yomonlikka ham taaluqli bo‘lishi mumkin.

 

Kiritildi: 11:51 12.12.2019. O'qildi: 8614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!