Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Si Szinpinning Xitoy elektromobillari haqidagi orzusi amalga oshdi, biroq...

Si Szinpinning Xitoy elektromobillari haqidagi orzusi amalga oshdi, biroq...

Si Szinpinning Xitoy elektromobillari haqidagi orzusi amalga oshdi, biroq oradan 10 yil o‘tib to‘siqlar paydo bo‘ldi.

Bloomberg xabaraiga ko‘ra, Si Szinpinning 2014 yildagi muhim nutq Xitoyning elektromobil ishlab chiqarishda ustunlik qilish yo‘lini belgilab berdi. Bugungi kunda ushbu mamlakatning qudrati AQSh va Yevropa uchun muammolar manbai hisoblanadi.

📝Etakchi bo‘lish va ekologik muammolarni hal qilish uchun Pekin tejamkor avtomobillar va muqobil energiya manbalari bilan ishlaydigan avtomobillarga tayandi. 2012 yilda hukumat savdo maqsadlarini belgilash, subsidiyalar berish va zaryadlash infratuzilmasini qurish uchun resurslarni taqsimlash orqali sanoatni rivojlantirish yo‘llarini ko‘rsatadigan yo‘riqnomani nashr etdi.

🌐2024 yilda Xitoy dunyodagi eng yirik avtomobil bozoriga aylandi va boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq elektromobil sotadi, o‘tgan yili 9,5 mln avtomobil yetkazib berildi. Shuningdek, u batareya ta’minoti zanjirining katta qismini boshqaradi.

📈Pekinning sanoat siyosati va investisiyalari o‘z samarasini berdi. Xitoyning millionlab odamlarni ish bilan ta’minlaydigan an’anaviy avtomobil ta’minot zanjirlarini buzishi mumkin bo‘lgan elektromobillardagi muvaffaqiyati Vashington va Bryusseldagi noqulaylikning asosiy manbaiga aylandi.

Kiritildi: 17:14 12.06.2024. O'qildi: 1593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!