Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Tinch va Atlantika okeanlari o‘rtasida temiryo‘l barpo etish loyihasida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi. Bu haqda u bilan uchrashuvdan so‘ng Boliviya Prezidenti Luis Arse ma’lum qildi.
“Shuningdek, u Peruning Chankay megaportidan boshlanib, Boliviya va Braziliya kabi BRIKS hamkor davlatlari hududi orqali o‘tuvchi Tinch va Atlantika okeanlarini bog‘laydigan okeanlararo temiryo‘l qurish imkoniyatini ko‘rib chiqishdan manfaatdorligini bildirdi”, dedi u.
Boliviya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rahbari Braziliyaga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashuvda litiy va qazib olish sanoatida qo‘shma loyihalarga ham qiziqish bildirgan.