Polisiya xabariga ko‘ra, Bern shahri yaqinida o‘rdak soatiga 52 km tezlikda uchib ketgan, holbuki ushbu hududda 30 km/soat tezlik chegarasi amal qiladi.
Qiziq tomoni shundaki, bu holat birinchi marta ro‘y berayotgani yo‘q – polisiya ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yilda ham aynan shu joyda va shu tezlikda boshqa o‘rdak kameraga tushgan. Hukumat bu holatni “xuddi o‘sha qush yoki uning chaqqon qarindoshi” deb taxmin qilmoqda.