Shveysariyada 40 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Krans-Montana kurortidagi yirik yong‘in munosabati bilan milliy motam kuni e’lon qilindi.
Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Shveysariya Prezidenti Gi Parmelin, motam davrida poytaxt Bernda davlat bayroqlari qayg‘u belgisi sifatida yarim hilpiratilishini bildirdi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 115 kishi jarohatlangan.