Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Shveysariyada burqa kiyganlik uchun jarimalar joriy etiladi

Shveysariyada burqa kiyganlik uchun jarimalar joriy etiladi

Shveysariya jamoat joylarida yuzni berkituvchi kiyim kiyishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi, deya xabar beradi Kazinform Swissinfo.chga tayanib.

Mamlakat parlamenti burqaga qarshi deb atalmish tashabbusni federal darajada amalga oshirish, jumladan, qonunbuzarlik sodir etilgan taqdirda 1000 Shveysariya franki (1115 dollar)gacha jarima solishni nazarda tutuvchi hukumat qonun loyihasini qabul qildi.

Senat yetakchiligidan so‘ng chorshanba kuni Palata qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjat uchun palataning 151 a’zosi ovoz berdi, 29 nafari qarshi chiqdi, olti nafari betaraf qoldi.

2021 yil mart oyida burqa kiyishni taqiqlash bo‘yicha bahsli tashabbus 51,2 foiz ovoz bilan ma’qullangan edi. Aksariyat partiyalar bunga qarshi chiqdi, Shveysariya Xalq partiyasi bundan mustasno.

Hukumat qonun loyihasiga ko‘ra, jamoat joylarida yuzni yashirish taqiqlanadi. Ko‘zlar, burun va og‘iz barcha jamoat joylarida yoki jamoat uchun ochiq bo‘lgan boshqa joylarda ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, bir qator istisnolar mavjud. Samolyotlarda, konsullik yoki diplomatik binolarda, diniy muassasalarda yuzni yashirish mumkin bo‘ladi.

Xalq partiyasi butunlay taqiqqa erishish uchun behuda harakat qildi. Xalq partiyasi deputati Valter Vobmanning aytishicha, bu tashabbus nafaqat burqa kiyishga, balki binolarni buzib yurgan niqobli siyosiy namoyishchilarga yoki bezorilarga qarshi qaratilgan.

Kiritildi: 16:40 23.09.2023. O'qildi: 1606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!