Bugun 9 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shveysariyada bloklangan Rossiya aktivlari miqdori 8,4 milliard dollarga yetdi

Shveysariyada bloklangan Rossiya aktivlari miqdori 8,4 milliard dollarga yetdi

2025 yil mart oyi holatiga ko‘ra, Shveysariyada bloklangan Rossiya aktivlari miqdori 7,4 milliard Shveysariya frankiga (8,4 milliard dollar) yetdi.

Bunday ma’lumotlarni videoaloqa orqali o‘tkazilgan matbuot brifingida mamlakat Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) vakili ma’lum qildi.

2024 yil avgustida konfederasiyada muzlatilgan Rossiya aktivlari miqdori 7,1 milliard frankni (8 milliard dollar) tashkil etdi.

Boshqarmaning ta’kidlashicha, bu ko‘chmas mulk, avtomobillar, san’at asarlari, mebel va musiqa asboblariga tegishli. Shu bilan birga, Shveysariyada immobilizasiya qilingan Rossiya Federasiyasi Markaziy banki aktivlarining umumiy miqdori 2024 yil avgustiga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi – 7,2 milliard shveysariya franki (8,1 milliard dollar).

Kiritildi: 17:58 01.04.2025. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!