Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda uy-joy yetishmovchiligi keskinlashgan, transport va infratuzilma haddan tashqari yuklangan. Hozirda Shveysariyada qariyb 9 million aholi istiqomat qiladi, aholi o‘sishining asosiy omili esa migraiiya bo‘lib qolmoqda.
"Agar ushbu tashabbus qo‘llab-quvvatlansa, hukumat migrantlar oqimini cheklashga majbur bo‘ladi. Bu esa Yevropa Ittifoqi bilan odamlarning erkin harakatlanishi to‘g‘risidagi kelishuvlarga ham ta’sir qilishi mumkin", deya yozmoqda Reuters.