Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Shveysariyada «abadiy betaraflik» tashabbusi Rossiyaga qarshi sanksiyalarga ta’sir qilishi mumkin

Shveysariyada «abadiy betaraflik» tashabbusi Rossiyaga qarshi sanksiyalarga ta’sir qilishi mumkin

Agar Shveysariya fuqarolari 27 sentyabr kuni «abadiy betaraflik» tashabbusini qo‘llab-quvvatlasa, mamlakat Rossiyaga nisbatan amaldagi cheklovlarni bekor qilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Bu haqda Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi «Izvestiya» nashriga ma’lum qildi.

Vazirlik vakili Lea Syurxerning tushuntirishicha, tashabbus mojaroda ishtirok etayotgan davlatlarga nisbatan sanksiyalar joriy etishni taqiqlaydi. Hujjat qabul qilinsa, Shveysariya 2022 yil fevralidan buyon Rossiyaga nisbatan qo‘llanib kelayotgan Yevropa Ittifoqi cheklovlariga o‘xshash sanksiyalarga qo‘shila olmaydi.

Tashabbus matnidan kelib chiqishicha, mojaro ishtirokchilariga nisbatan avval joriy etilgan sanksiyalarni ham bekor qilish talab etilishi mumkin. Shuningdek, NATO bilan hamkorlik doirasi cheklanishi ko‘zda tutilgan.

Referendumga Shveysariya Konstitusiyasida abadiy qurollangan betaraflik tamoyilini mustahkamlash bo‘yicha tashabbus qo‘yiladi. Unga ko‘ra, mojaroda ishtirok etayotgan davlatlarga nisbatan sanksiyalardan voz kechish nazarda tutilgan. Bundan BMT cheklovlari va sanksiyalarni chetlab o‘tishning oldini olishga qaratilgan choralar mustasno.

Kiritildi: 09:54 28.08.2026. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!