Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Shveysariya ukrainalik qochoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Shveysariya ukrainalik qochoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

2025 yil kuzdan boshlab Shveysariya ukrainalik qochoqlarni ularga o‘z vatanida hayot va sog‘lig‘i uchun bevosita xavf tug‘diradigan holat kuzatilayotgan taqdirdagina uzoq davom etadigan ma’muriy jarayonlarsiz qabul qiladi, deb yozmoqda Bild.

Qayd etilishicha, qolgan barcha umumiy asosda boshpana taqdim etilishi bo‘yicha jarayonlardan o‘tishi kerak bo‘ladi. Yangi qoidalar kuchga kirgunga qadar hukumat o‘z harakatlarini YEI bilan kelishib olish niyatida.

Migrasiya masalalari bo‘yicha davlat kotibiyati (SEM) boshpana so‘rovlari bo‘yicha yangi arizalarni ko‘rib chiqishda «xavfsiz» va «xavfsiz bo‘lmagan» mintaqalarni farqlashi kerak bo‘ladi.

«SEM’ning baholashicha, mamlakatning Ukraina tomonidan nazorat qilinayotgan ayrim hududlarida ayni vaqtda intensiv jangovar harakatlar olib borilmayapti», — deyiladi Shveysariya hukumati xabarida.

Shveysariyadan boshpana olishga ulgurgan ukrainaliklar mamlakatda qoladi. Ammo ular uchun talablar kuchaytiriladi: yarim yil davomida Ukraina hududida 15 kundan ortiq qoladigan bunday fuqarolar qochoq maqomidan mahrum bo‘ladi (hozirga qadar har chorakda 15 kun qolishga ruxsat berilayotgan edi).

Ma’lumot uchun, Shveysariyada hozirda 69 mingdan ortiq ukrainalik qochoq yashab keladi.

Kiritildi: 23:45 25.06.2025. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!