Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Shveysariya hududida musodara qilingan noqonuniy orttirilgan mablag‘larni O‘zbekiston xalqi manfaatlari yo‘lida ishlatilmoqda

Shveysariya hududida musodara qilingan noqonuniy orttirilgan mablag‘larni O‘zbekiston xalqi manfaatlari yo‘lida ishlatilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistondagi barcha perinatal markazlarda Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish” loyihasi doirasida mamlakat bo‘ylab tug‘ruq muassasalari zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanmoqda.

Joriy yilning 5 iyun kuni “Ishonch” jamg‘armasi Boshqaruv qo‘mitasi a’zolari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va BMTning tegishli agentliklari vakillari ishtirokida Namangan shahridagi tug‘ruq kompleksida mahalliy ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistlar loyihaning amalga oshirilish jarayoni, yangi jihozlarning o‘rnatilishi hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun: “Ishonch” jamg‘armasi 2022 yil 16 avgust kuni Shveysariyada musodara qilingan mablag‘larni O‘zbekiston xalqining farovonligi yo‘lida qaytarish bo‘yicha ikki hukumat o‘rtasida imzolangan bitim asosida tashkil etilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 43,5 million AQSh dollarini tashkil etadi. Shu mablag‘lar hisobidan 23 turdagi jami 5 841 dona zamonaviy tibbiy uskunalar — jumladan, sun’iy nafas oldirish (IVL) apparatlari, kuvezlar, kardiomonitorlar, anesteziya apparatlari, defibrillyatorlar, jarrohlik stollari va lampalari kabi jihozlar xarid qilindi. Namangan viloyatidagi 15 ta tug‘ruq muassasasi uchun esa jami 466 dona tibbiy uskuna ajratildi. Hozirda ularni o‘rnatish va tibbiyot xodimlarini ulardan samarali foydalanishga o‘rgatishishlari olib borilmoqda.

Tenderlar yakuni bo‘yicha tejalgan mablag‘lar hisobiga qo‘shimcha tibbiy uskunalarni xarid qilish rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida BMTning YUNISEF, YUNFPA va JSST kabi tashkilotlari ko‘magida tibbiyot xodimlari uchun antenatal va perinatal parvarish, oilani rejalashtirish, perinatal va neonatal o‘lim auditi, laboratoriya xizmatlari sifatini oshirish kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv-treninglar tashkil etilib, respublika bo‘ylab 18 mingdan ortiq, jumladan Namangan viloyatida 1,5 mingga yaqin tibbiyot xodimi malakasini oshirdi.

Shuningdek, 29 ta milliy klinik protokollar yangilanib, 10 million nafar reproduktiv yoshdagi aholining, jumladan chekka hududlardagi 20 ming nafardan ortiq fuqaroning reproduktiv salomatlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish yo‘lida faolishlar olib borilmoqda.

Ushbu loyiha onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, tug‘ruq muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda tibbiy oshirish orqali onalar va chaqaloqlar o‘limini ikki barobarga qisqartirish uchun muhim zamin yaratmoqda.

Kiritildi: 22:55 05.06.2025. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!