Shveysariya rossiyalik milliarderlar Alisher Usmonov va Mixail Fridmanni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Bu haqda mamlakatning Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyatiga (SECO) tayanib “RBK” xabar berdi.
O‘z navbatida, Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini 254 ta pozisiyaga kengaytirdi.
"Ular orasida 33 ta Rossiya banki, uchinchi mamlakatning bitta banki, 17 ta moliya muassasasi va kriptoxizmat provayderlari, uchinchi mamlakatlarning beshta kompaniyasi, shuningdek, Rossiyaning to‘rtta aeroporti va ikkita porti bor", deyiladi SECO xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 22 sentyabr kuni Yevropa Kengashi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uch yilga uzaytirdi, biroq Usmonov va Fridmanni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Yaqinda Germaniya Oliy sudi Alisher Usmonovning Yevropa Kengashiga qarshi da’vosi bloklanishini noqonuniy deb topdi.