Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Shvesiyaning Saab kompaniyasi Ukrainada Gripen qiruvchi samolyotlarini yig‘ish zavodini ochishga tayyorligini bildirdi

Shvesiyaning Saab kompaniyasi Ukrainada Gripen qiruvchi samolyotlarini yig‘ish zavodini ochishga tayyorligini bildirdi

Shvesiyaning Saab kompaniyasi Ukrainada Gripen qiruvchi samolyotlarini yig‘ish zavodini ochishga tayyorligini bildirdi — Financial Times.

Bu haqda kompaniya bosh direktori Mikael Yuxansson nashrga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Urush paytida bu oson emas, albatta, lekin Ukrainada hech bo‘lmaganda yakuniy yig‘ish va sinovlar uchun, balki qisman ishlab chiqarish uchun ham imkoniyatlar yaratish juda yaxshi bo‘lardi", — dedi Yuxansson.

Uning aytishicha, Kiyev bilan kelishuv Saab kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlariga bo‘lgan ehtiyojini taxminan ikki barobar oshiradi. Garchi kompaniya Braziliyada yiliga 20-30 ta Gripen samolyotini ishlab chiqarishga sarmoya kiritgan bo‘lsa-da, Kanada va Yevropa mamlakatlarida ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

22 oktyabr kuni Ukraina Shvesiya bilan 100-150 ta JAS 39 Gripen E qiruvchi samolyotlarini sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzolagandi. Shvesiya bosh vaziri Kristerssonning ta’kidlashicha, bu kelishuv uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan bo‘lib, bosh vazir uni “10-15 yilga cho‘ziladigan uzoq safarning boshlanishi” deb atagandi.

Kiritildi: 17:45 27.10.2025. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!