Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Shvesiyada bankrotlik to‘g‘risida ariza bergan kompaniyalar soni rekord darajada ko‘paydi

A A A
Shvesiyada bankrotlik to‘g‘risida ariza bergan kompaniyalar soni rekord darajada ko‘paydi

Shvesiyada bankrotlik to‘g‘risida ariza bergan kompaniyalar soni yanvar oyida 2022 yilning shu oyiga nisbatan 47 foizga oshib, 622 taga yetdi, bu mamlakat uchun so‘nggi 10 yildagi rekorddir. Bu haqda Bloombergyozmoqda.

Creditsafe ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida bankrot bo‘lgan beshta yirik kompaniyadan uchtasi qurilish sanoati vakillari edi. Sababi uy-joy bozoridagi inqiroz.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan talabning pasayishi uning o‘rtacha narxining o‘tgan yilning birinchi choragidagi eng yuqori ko‘rsatkichlariga nisbatan 16 foizga tushishiga olib keldi.

Kaliforniya universiteti iqtisodchisi Joanna Blomning aytishicha, chakana sotuvchilar va mehmonxonalar kuzda bankrot bo‘lgan va endi bu tendensiya sanoat va sarmoya bilan bog‘liq tarmoqlarda kuzatilmoqda.

Kiritildi: 20:59 02.02.2023. O'qildi: 2613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!