16 yoshli o‘smir Uppsala markazidagi (Stokgolmdan taxminan 50 km shimolda) sartaroshxonada uch kishini o‘ldirganlikda gumonlanib hibsga olindi.
Bu haqda Shvesiya polisiyasi xabar berdi.
"Hozirda jadal tergov olib borilmoqda. Hozirda biz ma’lumot yig‘moqdamiz, polisiya uyma-uy yurib, guvohlarni so‘roq qilmoqda. Bundan tashqari, qo‘l telefonlari va boshqa olib qo‘yilgan materiallar ko‘zdan kechirilmoqda", - deb xabar berdi Shvesiya prokuraturasi.
Matbuot anjumanida mintaqaviy polisiya boshlig‘i Erik Akerlund otishmada halok bo‘lganlar 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lganini aytdi. Ularning shaxsi hali aniqlanmagan.
Voqea kecha sodir bo‘lgan va guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi skuterda qochib ketgan.