Shvesiya 1 iyuldan boshlab Rossiyaning “soya floti”ga qarshi kurashni kuchaytiradi. Bu haqda xorij OAV xabar berdi.
Qirollik qirg‘oq qo‘riqlash xizmati va Dengiz kemachiligi boshqarmalariga nafaqat Shvesiya portlariga kirayotgan, balki mamlakat hududiy suvlari va iqtisodiy zonasi orqali o‘tayotgan chet el kemalarini tekshirish vazifasi yuklatildi.