Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Shvesiya, Daniya, Norvegiya va Finlyandiya umumiy havo hujumidan mudofaa tizimini yaratadi

Shvesiya, Daniya, Norvegiya va Finlyandiya umumiy havo hujumidan mudofaa tizimini yaratadi

Shvesiya, Norvegiya, Finlyandiya va Daniya harbiy-havo kuchlari qo‘mondonlari "Rossiya tomonidan kuchayib borayotgan tahdidga qarshi turish"ga qaratilgan Skandinaviya davlatlarining birgalikdagi havo hujumidan mudofaa tizimini yaratish niyati to‘g‘risidagi maktubni imzoladilar. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Mamlakatlar NATOning allaqachon isbotlangan usullari asosida birgalikda harakat qila olish uchun shunday qarorga kelishganligi ma’lum qilingan.

"Bizning birlashgan flotimizni Yevropaning yirik davlati qo‘shinlari bilan solishtirish mumkin", — deydi Daniya harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni general-mayor Yan Dam.

Malumot o‘rnida, Norvegiya hozirda 57 ta F-16 va 37 ta F-35 qiruvchi samolyotlariga ega (yana 15 ta samolyot buyurtma qilingan). Finlyandiyada 62 ta F/A-18 Hornet bor va 64 ta F-35 buyurtma qilingan. Shu bilan birga, Daniya 58 ta F-16 samolyotiga ega va yana 27 ta F-35 ga buyurtma bergan. Shvesiyada esa 90 dan ortiq Gripens samolyotlari mavjud.

Kiritildi: 03:43 25.03.2023. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!