Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Shved olimlari oddiy aspirin ichak saratoni qayta paydo bo‘lish xavfini ikki barobar kamaytira olishini isbotladi

Shved olimlari oddiy aspirin ichak saratoni qayta paydo bo‘lish xavfini ikki barobar kamaytira olishini isbotladi

Shved tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi: ichak saratoni bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan so‘ng har kuni kichik miqdorda aspirin qabul qilish kasallikning qayta yuzaga kelish xavfini ancha pasaytiradi.

New England Journal of Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqotda Shvesiya, Norvegiya, Daniya va Finlyandiyadan 3500 dan ortiq bemor ishtirok etdi. Ularning bir qismida shifokorlar muayyan genetik mutasiyalarni aniqladi va shu bemorlar uch yil davomida har kuni 160 milligramm aspirin qabul qilishdi. Natijada, o‘smaning qayta paydo bo‘lish xavfi 50 foizdan ko‘proq kamaydi.

"Bu klinik amaliyotni o‘zgartirishi mumkin", — dedi tadqiqot rahbari, Stokgolmdagi Karolin instituti professori Anna Martling.

Olimlar bu samarani aspirinning yallig‘lanishni kamaytirish qobiliyati va trombositlarning o‘smani himoya qilish imkoniyatini cheklash bilan izohlashmoqda. Biroq, aspirin bilan davolanishda ma’lum xatarlar ham mavjud: tadqiqot davomida ayrim bemorlarda jiddiy nojo‘ya ta’sirlar — masalan, oshqozon-ichakda qon ketishi va insult holatlari kuzatildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda qariyb ikki millionta ichak saratoni holati aniqlanadi. Bu kasallik tobora yoshroq — 50 yoshdan kichik odamlar orasida ham keng tarqalmoqda.

Kiritildi: 17:23 19.09.2025. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!