Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Shvaynshtayger futbolchilik faoliyatini yakunladi

Shvaynshtayger futbolchilik faoliyatini yakunladi

«Chikago Fayr» klubining germaniyalik yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtayger professional faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi. 

«Hurmatli muxlislar, mavsum yakunida professional faoliyatimni yakunlashimni e’lon qilish fursati yetdi. Barcha jamoalarimga, „Bavariya“, „Manchester Yunayted“, „Chikago Fayr“ va Germaniya terma jamoasiga rahmat — bu jamoalar tufayli faoliyatim qoyilmaqom kechdi! Albatta, men qo‘llab-quvvatlov uchun oilamga minnatdorchilik bildiraman. Men futbolchi sifatida faoliyatimni qayg‘u bilan yakunlamoqdaman, ammo men hayotimdagi yangi chorlovlarni sabrsizlik bilan kutaman. Men hamisha futbolga sodiqman. Unga baxshida bo‘lgan onlarim hamisha qalbimda! Sizning Bastingiz», — deya yozgan Shvaynshtayger Instagramdagi sahifasida.

Ayni vaqtda 35 yoshda bo‘lgan Shvaynshtayger «Bavariya» bilan 8 marta Germaniya chempionatida g‘olib bo‘lgan, shuningdek 7 marta Germaniya Kubogi, ikki martadan Germaniya Superkubogi va Bundesliga Kubogini, bir martadan – Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan, Germaniya terma jamoasi bilan 2014 yili mundialda g‘olib bo‘lgan, ikki marta bronza medallarga ega chiqqan. Shuningdek, terma jamoa bilan Yevropa chempionatlarida kumush va bronza medallarni ko‘ksiga taqqan.

U keyinroq «Manchester Yunayted» safida ham o‘ynab, Angliya Kubogini yutib olgan.

Shvaynshtayger «Chikago Fayr» safida 2017 yilning 21 martidan buyon to‘p surib kelmoqda.

U ayollar tennisida jahonning sobiq birinchi raketkasi bo‘lgan Ana Ivanovichga uylangan, juftlikning ikki o‘g‘il farzandi bor.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 20:21 08.10.2019. O'qildi: 1703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!