Bugun 28 oktyabr, 2020 yil, chorshanba

КИР

Shuhrat Qayumov haqida xotiralar

Shuhrat Qayumov haqida xotiralar

Azon.TV loyihasi boshlaganda Shuhrat aka Qayumov bilan maslahatlashgan edik. U kishi kasting uyushtirish kerakligi, boshlovchi va suxandonlarni tanlab olib, o‘zlari o‘qitib berishlarini aytdilar. Allohga muhabbat va dinga ixloslarini qarangki, tanlab olingan nomzodlarni o‘zlari bir oy o‘qitib berdilar va qanchalar iltimos qilmaylik, bunga haq olmadilar. 

Undan keyin ham bizdan maslahatlarini hech ayamadilar. Shuhrat aka ixlosli mo‘min edilar. 

* * *

Chamamda, 2015-yillar bo‘lsa kerak, tuhmat tufayli Oliy ma’had talabalaridan birining ishi sudga oshadigan bo‘ldi. Hurmati va obro‘sini o‘rtaga qo‘yib, Shuhrat aka shu yigitni qutqarib qolgandi. O‘sha paytlarda bunday jur’at va kelajagini garovga qo‘yish uncha-muncha odamning qo‘lidan kelmas edi. 
Shuhrat aka mard odam edilar. 

* * *
Shuhrat aka bilan oxirgi so‘zlashuvimiz telefonda bo‘ldi. Undan oldin ham audio versiyasi tayyorlangan "O‘kinma" kitobini RegistonTV bilan hamkorlikda o‘zlari ham qayta o‘qib, ommaga taqdim etmoqchi ekanlarini aytib, odob bilan bunga izn so‘radilar. Bu odob oldida bajonidil rozi bo‘ldim. 
Shuhrat aka odobli inson edilar. 

* * *

Shuhrat akaning ayrimlargina biladigan dinga xizmatlari va xolis amallari bor. Inshaalloh, bunga tarix va insonlar guvoh. 
Alloh Shuhrat akani rahmatiga g‘arq qilsin va solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin!

Mubashshir Ahmad

Manba: azon.uz

Kiritildi: 03:00 23.09.2020. O'qildi: 3345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!