Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Shtrix-kod o‘zi nima va u bizga qanday ma’lumotlar beradi?

Shtrix-kod o‘zi nima va u bizga qanday ma’lumotlar beradi?

Shtrix-kod (inglizcha: barcode) ma’lumotni mashina o‘qiydigan shaklda ask ettirish usulidir. Tovarning shtrix kodi o‘ziga xos ma’lumot manbai bo‘lib, undan tovarning qaysi davlatda tayyorlanganligi, qaysi korxona ishlab chiqarganligi va tovar haqidagi boshqa ma’lumotlarni aniqlab olish mumkin.

Shtrix-kodga 0 va 1 raqamlarini biriktirish masalasi xalqaro kelishuvlar asosida qabul qilingan reglamentlar asosida qat’iy tartibga solinadi. Istalgan mahsulotga biriktirilgan shtrix-kod quyidagi doimiy qat’iy ma’lumotlarni taqdim yetadi:

✅Shtrix-kodning skaner o‘qishi lozim bo‘lgan qismi ikkita oq hudud bilan yaqqol ajratib qo‘yilishi kerak. Bunday oq hududning biri shtrix-kod boshida, ikkinchisi oxirida bo‘ladi va uni "quiet zone" deyiladi.
✅Shtrix-kod boshida qolgan chiziqlardan biroz uzunroq bo‘lgan uchta alohida chiziq, ya’ni, 101 kodi mavjud bo‘ladi. Ushbu chiziqlar skanerni shtrix-kodning boshlanish joyiga yo‘llash vazifasini bajaradi.
✅Shtrix-kod o‘rtasida ham, ikkita uzunroq chiziqdan iborat "ajratish" chizig‘i bo‘ladi. 01010 kodini bildiruvchi ushbu chiziqlar shtrix-kodni "o‘ng" va "chap" qismlarga ajratadi.

Kiritildi: 20:29 03.04.2023. O'qildi: 8930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!