Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Shoygu va Qodirov norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

Shoygu va Qodirov norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

Sochida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Checheniston rahbari Ramzan Qodirov uchrashuv o‘tkazdi.

Qodirovning o‘zi bu uchrashuvni norasmiy deb atagan.

Suhbat chog‘ida Qodirov va Shoygu maxsus operasiya bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalgan.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Shoygu bilan muloqot chog‘ida Ukraina hududidagi hujum operasiyalari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Ayni paytda Ukrainada Rossiya Qurolli kuchlarining maxsus operasiyasi davom etmoqda. 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning boshlanishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlardan maqsad qo‘shni davlatni demilitarizasiya qilish va uning hokimiyatini denaziyalashtirishdir.

Operasiyani o‘tkazish qarori AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarga sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 18:50 07.08.2022. O'qildi: 4631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!