Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Shotlandiyada dunyodagi eng qadimiy Mendeleev jadvali topildi

A A A
Shotlandiyada dunyodagi eng qadimiy Mendeleev jadvali topildi

Shotlandiyadagi Sent-endryus universiteti kimyo laboratoriyasida o‘tkazilgan yirik tozalash ishlari davomida bugungi kungacha saqlanib qolgan eng qadimiy Mendeleev davriy jadvali bosma nusxasi topildi, deb xabar bermoqda Bi-bi-si.

Talabalar uchun mo‘ljallangan mazkur o‘quv qo‘llanma Venada 1875-1888 yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan ilmiy bosmaxonada nemis tilida chop etilgan.

O‘sha paytda hozirgi barcha kimyoviy elementlar aniqlanmagan bo‘lib, jadvalning ko‘p qismi bo‘sh kataklardan iborat. Masalan, ko‘zingiz darhol jadvaldagi ikkinchi element geliyga tushadi (u Yer yuzida 1895 yilga kelibgina ochilgan).

Kimyoviy elementda hatto atomlar soni ham qayd etilmagan, bugungi kunda esa atom raqami jadvaldagi asosiy ko‘rsatgich hisoblanadi.

Rus ximigi Dmitriy Mendeleev ilk marta 1869 yili mazkur jadvalni tuzib chiqqan.

ca.news.org

Kiritildi: 15:38 18.01.2019. O'qildi: 4322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!