Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterdjen Britaniya federal hokimiyatiga mustaqillik referendumini qayta o‘tkazish talabi bilan murojaat qilishini ma’lum qildi, deydi “Sky News”.
Ma’lumot o‘rnida, Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha referendum 2014 yil 18 sentyabrda 4 milliondan ortiq fuqaro ishtirokida bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda saylovchilarning 55,3 foizi bunday harakatga qarshi chiqqan edi.