Kecha Turkiya chempionatining 4-turi doirasidagi "Istanbul Bashakshehir" - "Eyyupspor" (0:0) bahsi bo‘lib o‘tdi.
Hamyurtlarimiz Abbosbek Fayzullayev hamda Eldor Shomurodov bahsni asosiy tarkibda boshlashdi. Hujumchi Eldor Shomurodov to‘liq o‘yinni o‘tkazgan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev 70 daqiqa harakat qildi.
Sofascore nashri Eldor Shomurodovga 6.1 baho qo‘ygan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev 6,2 bahoga loyiq ko‘rildi.