Ma’lum bo‘lishicha, Eldor Shomurodov kelasi hafta Rimda operasiya qilinadi.
Agar hammasi reja asosida davom etadigan bo‘lsa, terma jamoamiz hujumchisi Osiyo kubogining Avstraliyaga qarshi 3-tur o‘yinigacha safga qaytishi taxmin qilinmoqda. Ammo futbolchimizning o‘zi shifokorlardan Osiyo Kubogining Suriyaga qarshi 1-tur o‘yinigacha maydonga qaytarishlarini so‘rayotgan ekan.
Terma jamoamiz Osiyo kubogida nimchorak final masalasini dastlabki ikki turda hal qilgan taqdirda, Shomurodov nimchorak final oldidan, o‘yin ritmiga tushib olish uchun Avstraliyaga qarshi maydonga tushishi mumkin bo‘ladi.