Italiya chempionatining 37-turida "Roma" o‘z maydonida "Milan"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlar safida Janluka Manchini, Leandro Paredes va Brayan Kristante o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona goli Joau Feliks hisobiga yozildi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 84 daqiqa maydonda harakat qildi.
"Roma" A Seriya turnir jadvalida 66 ochko bilan beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. "Milan" 60 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.