Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Shom namozini o‘qishdan oldin og‘iz ochiladimi yoki namozdan so‘ng?

A A A
Shom namozini o‘qishdan oldin og‘iz ochiladimi yoki namozdan so‘ng?

Dinimizda og‘iz ochishni qasddan Shom namozidan keyinga surish sunnatga xilofdir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odatda avval og‘iz ochib, keyin shom namozini ado etar edilar. Demak, ro‘zador og‘zini ochib, chanqog‘ini qondirib olgandan keyin shom namozini ado etishga kirishishi maqsadga muvofiq.

Iftorni tezlatish afzalligi borasida hadisi sharifda shunday deyilgan: Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Insonlar og‘iz ochishni tezlashtirsalar, yaxshilikda bardavom bo‘ladilar”, deganlar.

Vallohu a’lam.

Savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mutaxassisi Hikmatulloh Toshtemirov javob berdi.

Kiritildi: 05:00 30.04.2020. O'qildi: 11137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!