Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi.
«Ukraina o‘zining mudofaa qobiliyatiga ega bo‘lmagan (...) proksi-davlat emas, balki Yevropa tomon qadam tashlashga qaror qilgan, kuchli demokratiya va g‘arb qurollari bilan jihozlangan juda kuchli armiyaga ega davlat», dedi u.
Echim topish vaqti keldi, ta’kidladi Shols. «Ukraina omon qoladi, yashaydi va kuchli bo‘ladi. Qotillikka barham beradigan tinchlik bo‘lishi kerak», - dedi u.
«Hozir biz Ukraina suvereniteti xavfsizligini va qotillik qachondir to‘xtashini ta’minlashimiz kerak», dedi Shols.
Biroq, kansler Ukrainaga uzoq masofali qurollar yetkazib berilishiga qarshi ekanligini yana bir bor ta’kidladi.