Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Shols Trampni tanqid qildi

Shols Trampni tanqid qildi

Olaf Shols Donald Trampni Vladimir Zelenskiyni "diktator" deb atagani uchun tanqid qildi.

«Prezident Zelenskiyni demokratik legitimlikdan mahrum qilish noto‘g‘ri va xavfli qaror», — dedi Shols Der Spiegel jurnaliga bergan intervyusida.

Olaf Sholsga ko‘ra Zelenskiy Ukrainaning saylangan rahbari hisoblanadi.

«Urush sharoitida saylovlar o‘tkazilmasligi Ukraina Konstitusiyasi va saylov qonunlarida yozib o‘tilgan. Hech kim bu borada boshqacha fikr bildirmasligi kerak»,
— dedi u.

Shuningdek, Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ZDF telekanaliga bergan izohida Trampning so‘zlarini «absurd» deb atadi.

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ham Zelenskiyni demokratik prezident sifatida tan olishini bildirgandi.

«Bosh vazir prezident Zelenskiyni Ukrainada demokratik yo‘l bilan saylangan lider sifatida qo‘llab-quvvatlaydi va urush vaqtida saylovlarni to‘xtatib turish qarori mutlaqo mantiqiy ekanligini ta’kidlaydi. Buni Britaniya ham Ikkinchi jahon urushi davomida amalga oshirgan», deyiladi Britaniya hukumati bayonotida.

Kiritildi: 19:23 20.02.2025. O'qildi: 1854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!