Bugun 31 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Shols: Rossiyaning «soyali floti» tahdidi fonida Yevropa mudofaa xarajatlarini oshirishi kerak

Shols: Rossiyaning «soyali floti» tahdidi fonida Yevropa mudofaa xarajatlarini oshirishi kerak

«Biz NATOning Yevropa qismini mustahkamlashimiz va mudofaa xarajatlarini oshirishda davom etishimiz zarur», — dedi Germaniya kansleri Olaf Shols Berlinda Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan uchrashuvi arafasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, 27 yanvar kuni Latviya va Shvesiya o‘rtasidagi yana bir suv osti kabelining zarar ko‘rishi haqidagi xabarlar Rossiyaning «soyali floti» tahdidi haqida signal beradi.

Baltik dengizi va dengiz tubidagi muhim infratuzilmani himoya qilishni kuchaytirishga NATOning Baltic Sentry operasiyasi yo‘naltirilgan, dedi Olaf Shols. U shuningdek, NATOning yevropalik a’zolari va YEI davlatlari tomonidan mudofaa xarajatlari allaqachon oshirilganiga qaramay, bu jarayonni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

«Biz Ukrainaga yordamimizni kuchaytirishimiz kerak. Biz Rossiya va Xitoy ta’siriga qarshi turishimiz zarur», — dedi o‘z navbatida Mette Frederiksen. U, shuningdek, Yevropa texnologiyalar, iqtisodiyot va xavfsizlik sohasiga investisiyalarni oshirishi kerakligini ta’kidladi.

Kiritildi: 00:23 29.01.2025. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!