Toshkentda 2004 yilda tug‘ilgan Indira ismli qizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, o‘g‘irlik 1994 yilda tug‘ilgan Amal ismli yigit tomonidan uyushtirilgan. Unga yana 3 nafar yigit yordamlashgan. Xabarda hodisa qachon va qayerda sodir bo‘lgani, shuningdek, o‘g‘irlik sabablariga aniqlik kiritilmagan.
Qizning aytishicha, «birinchi o‘g‘irlik» uyi yonida yuz bergan. Mixail ismli yigit uni chalib yiqitgan. Amal mashinada rulda o‘tirgan, uning yonida Usmon va Umid ismli yigitlar bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 137-moddasi (Odam o‘g‘rilash) va 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi ochilib, o‘g‘irlikni uyushtirganlarning barchasi qamoqqa olingan.