Shohjahon Jo‘rayev yana bir bora folloverlaridan otasi uchun duo so‘radi.
Bu haqda u o‘zining Instagram'dagi rasmiy sahifasida suratli post qoldirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur surat ostidagi izohli xabarlarga ko‘ra, hozirda otasining ahvoli og‘irlashgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Sherali Jo‘rayev bilan bog‘liq tarqalgan nohush xabarlarga aynan Shohjaxon Jo‘rayev tomonidan munosabat bildirilgandi.
"Sherali Jo‘rayev tirik va sog‘-omon, har xil yolg‘on xabarlarga ishonmang!", — degandi o‘shanda u.