Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Shohjahon Ergashev va Salimo Jengo o‘rtasidagi jang nega to‘xtatilgani ma’lum bo‘ldi

Shohjahon Ergashev va Salimo Jengo o‘rtasidagi jang nega to‘xtatilgani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 11 iyun kuni Shohjahon Ergashev hamda tanzaniyalik Salimo Jengo o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tdi. Jang 3 daqiqaga bormay Ergashev foydasiga yakunlandi.

Tanzaniyalik raqibga qarshi kechgan bahsda hakam farg‘onalik bokschining ketma-ket zarbalaridan so‘ng 1-raunddayoq jangni to‘xtatib qo‘ydi. Bu esa nafaqat tanzaniyalik bokschi, balki jangni tomosha qilishga kelgan muxlislar va Shohjahonning jamoasi noroziligiga ham sabab bo‘ldi. Ma’lumot uchun, jangdan so‘ng Shohjahon o‘z Instagram sahifasida “Men sudyadan noroziman” degan post qoldirdi.

Zamon.uz muxbiri ushbu holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi. Ismi oshkor etilmasligini istagan manbaga ko‘ra, quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

-Kecha guvohi bo‘lganingizdek, bo‘lib o‘tgan jang so‘nggida Shohjaxon Ergashevning raqibi “yo‘q, men xali yana jang qilaman” deb baqirgancha qolgan. Berilgan ma’lumotga ko‘ra jang jarayonida zarblardan Salimo Jengoning ko‘z qorachig‘i oldinga kelib qolgan, buni sudya ko‘rgan va darhol jangni to‘xtatgan. Agar Shohjaxon Ergashev tomonidan raqibiga yana bitta zarba berilsa, uning hayoti xavf ostida qolishi mumkin edi. Shuning uchun sudya jangni to‘xtatgan. Buni tabiiyki ko‘pchilik noto‘g‘ri tushundi, hatto sportchining o‘zi ham tushunmay, affekt holatda jangni davom ettirishini bildirgan. Professional boksda sudya qarori degan tushuncha bor, masalan, sportchining hayoti xavf ostida bo‘lsa, hayotini saqlab qolishda qo‘llaniladi. Bir so‘z bilan aytganda, sudya tomonidan professional yondashilgan. Chet el sportchisi O‘zbekistonda olamdan o‘tdi degan noxush gap bo‘lmasin deya noxush holatning oldi olindi.

Kiritildi: 13:32 12.06.2021. O'qildi: 8839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!