Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shohjahon Ergashev tezkor g‘alabaga erishdi!

Shohjahon Ergashev tezkor g‘alabaga erishdi!

Hozirgina Samarqandda o‘tkazilgan "Top Seven Fighters" promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi o‘z nihoyasiga yetdi.

Kechaning markaziy to‘qnashuvida taniqli bokschimiz Shohjahon Ergashev hindistonlik Gurprit Singhga qarshi ringga ko‘tarildi.

1-raunddayoq hamyurtimiz raqibining jigar qismiga kuchli zarba yo‘lladi va Gurprit bahsni davom ettira olmadi. Shu tariqa Ergashev professional faoliyatidagi yigirma oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 23:44 04.01.2026. O'qildi: 974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!