Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Shohimardon va So‘xga olib o‘tadigan nazorat-o‘tkazish maskanlari kunu tun ish tartibiga o‘tkaziladi

Shohimardon va So‘xga olib o‘tadigan nazorat-o‘tkazish maskanlari kunu tun ish tartibiga o‘tkaziladi

Farg‘ona tumanidagi Shohimardon qishlog‘i hamda So‘x tumaniga borishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Davlat Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevning ma’lum qilishicha, Farg‘ona tumanidagi «Vodil-Qadamjoy», «Oqqiya-Akkiya» (Shohimardon), So‘x tumanidagi «Chashma-Chechme» nazorat-o‘tkazish maskanlari 2025 yil 18 iyundan boshlab 24 soatlik (kechayu-kunduz) ishlash tartibiga o‘tadi.

Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar fuqarolarning harakatlanishini yanada erkin va qulay qilish, postlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish maqsadida joriy etilmoqda.

Kiritildi: 18:19 17.06.2025. O'qildi: 622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!