Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shinjonlik rektor Samarqand davlat tibbiyot universiteti faxriy professori bo‘ldi

A A A
Shinjonlik rektor Samarqand davlat tibbiyot universiteti faxriy professori bo‘ldi

Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz boshchiligidagi delegasiyaning Samarqandga tashrifi davomida mazkur rayon sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Shinjon tibbiyot universiteti rahbarlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida bo‘ldi.

Samarqandlik tibbiyotchilar bilan uchrashuvda yurtimizdagi mazkur nufuzli universitet bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish, birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi masalalari muhokama etildi. Mehmonlarga universitet ta’lim jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvda Shinjon tibbiyot universiteti rektori Haji Akber Aisaga Samarqand davlat tibbiyot universitetining faxriy professori unvoni berildi.

Professor Haji Akber Aisa ushbu e’tirof uchun minnatdorlik bildirib, Shinjon va Samarqand tibbiyot universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik ikki tomon uchun ham har tomonlama manfaatli bo‘lishini ta’kidladi.

Kiritildi: 16:29 30.03.2024. O'qildi: 1277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!