Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Shin Agrippina Vasilevna Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori etib tayinlandi

A A A
Shin Agrippina Vasilevna Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori etib tayinlandi

U bunga qadar Maktabgacha ta’lim agentligi direktori edi. 2 iyuldagi Prezident farmoni bilan mazkur agentlik tugatilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Viktor Veniaminovich Nam Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori lavozimdan ozod qilindi va uning o‘rniga Agrippina Vasilyevna Shin tayinlandi.

Qahramon Tanzilovich Olimov Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning o‘rniga Viktor Veniaminovich Nam tayinlandi.

Eldar Sadikovich Yuldashev Toshkent shahridagi “S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialining direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning o‘rniga Iqbol Mamasodiqovich Meliqo‘ziyev tayinlandi.

Eldor O‘ralovich Shermanov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori – rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib 6 oy sinov muddati bilan tayinlandi.

Kiritildi: 20:32 09.07.2024. O'qildi: 1255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!