Germaniya Bosh prokuraturasi "Shimoliy oqim" va "Shimoliy oqim-2" gaz quvurlarini portlatishda gumon qilinayotgan ikki kishining shaxsini aniqladi. Bu haqda Germaniya bosh prokurori Yens Rommel Der Spiegel jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Ha, biz tergovda oldinga siljimoqdamiz. Biz ikki gumonlanuvchining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik," - dedi Rommel.
"Mening fikrimcha, bu dastlab umid bog‘lash shart bo‘lmagan muvaffaqiyat," - dedi u va hali ko‘p ishlar qilinishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
"Boshqa ishtirokchilarning shaxsi, jinoyatning sabablari va xususan, operasiyaga davlatning jalb qilinishi masalasi davom etayotgan tergov mavzusi hisoblanadi," - dedi GFR bosh prokurori.