Shimoliy Makedoniyadagi tungi klubda sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlari xotirasiga mamlakatda umummilliy motam e’lon qilindi
Mahalliy prokuraturaning BBC ga ma’lum qilishicha, fojiani tergov qilish doirasida 10 kishi, jumladan, klubga lisenziya bergan amaldorlar hibsga olingan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 59 kishi halok bo‘lgan, 155 kishi jarohat olgan.
Avvalroq, Shimoliy Makedoniyadagi tungi klubda 16 martga o‘tar kechasi mamlakat shimoliy-sharqidagi Kochani shahrida konsert paytida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.