Kim Chen In suiqasd dronlar sinovini kuzatdi va havo qurollarini ishlab chiqarishni kuchaytirishni istamoqda. Shimoliy Koreyaning so‘nggi harbiy amaliyoti AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan paytga to‘g‘ri keldi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In suiqaad dronlarni «ommaviy ishlab chiqarish»ga buyruq berdi va butun dunyo bo‘ylab bunday uchuvchisiz uchish apparatlarini joriy etish harbiy nazariyani zudlik bilan yangilashni talab qilishini aytdi.
Kim Shimoliy Koreyaning uchuvchisiz havo texnologiyalari majmuasi tomonidan ishlab chiqarilgan quruqlik va dengiz nishonlarini urish uchun mo‘ljallangan dronlarning sinovlarini nazorat qilgan.
«U seriyali ishlab chiqarish tizimini imkon qadar tezroq qurish va to‘liq miqyosda ommaviy ishlab chiqarishga o‘tish zarurligini ta’kidladi», — deya xabar beradi Koreya markaziy axborot agentligi.
«Suiqasd dronlari» - bu dushman nishonlariga ataylab urilish uchun mo‘ljallangan portlovchi moddalarni tashuvchi havo apparatlari.