Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yadro arsenalini «eksponensial» oshirish, shuningdek, yangi sentrifugalarni joriy etish maqsadida uranni boyitish uchun sentrifugalar sonini ko‘paytirishni buyurdi.
Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi bu ko‘rsatmalarni yadroviy materiallar ishlab chiqarish korxonalariga tashrifi chog‘ida bergan.