KXDR maxsus kuchlari qo‘mondoni Kim Yong Bok Rossiya Federasiyasiga yetib keldi. Mutaxassislarning fikricha, Kim Chen In uni Rossiyaga askarlar bilan birga ishonchli shaxs sifatida yuborgan.
Mamlakatga KXDR Bosh shtab boshlig‘i o‘rinbosari va Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarini egallab turgan general-polkovnik Ri Chang Xo ham keldi.
Rossiya Federasiyasiga kelgan uchinchi general - KXDR Bosh operasiyalar boshqarmasi boshlig‘i Shin Kum Chol. Taxminlarga ko‘ra, u Kim Yong Bok va Ri Chang Xo mamlakatni tark etganidan keyin Rossiya Federasiyasidagi Shimoliy Koreya askarlarini boshqaradi.