Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shimoliy Koreya Rossiya tomonidagi urushda qatnashganini tan oldi

 Shimoliy Koreya Rossiya tomonidagi urushda qatnashganini tan oldi

Pxenyan Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilari Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi harbiy amaliyotlarda qatnashayotganini rasman tasdiqladi. KCNA davlat axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR askarlari “Rossiya bo‘linmalariga Kurskdagi hududlarni ozod qilishda yordam bergan”, shu bilan birga operasiya “g‘alaba bilan” yakunlanganini ta’kidlagan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shinlarni jo‘natish Moskva bilan kelishuv doirasida KXDR yetakchisi Kim Chen In tomonidan shaxsan ruxsat etilgan. Avvalroq, Rossiya va Shimoliy Koreya bunday ma’lumotni na tasdiqlagan, na inkor qilgan edi. Endi Shimoliy Koreya askarlarining urushda ishtirok etishi rasmiy faktga aylandi - bu xalqaro huquqning qo‘pol buzilishidir.

Ukraina 2024-yil yozida Kursk viloyatiga hujum boshladi va ming kvadrat kilometrdan ortiq hududni o‘z nazoratiga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga javoban Rossiya o‘z kuchlarini kuchaytirdi: Janubiy Koreya va G‘arb razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yordamga 10 mingdan ortiq jangchi jo‘natgan.

Shaxsiy tarkibdan tashqari, Pxenyan qurol-yarog‘ yetkazib berishda davom etmoqda: Janubiy Koreya Bosh shtabi Shimoliy Koreya raketalari, gaubitsalari va ko‘plab raketa tizimlari Rossiyaga topshirilganini e’lon qildi. Vladimir Putin, o‘z navbatida, KXDR askarlariga Ukrainaga qarshi urushga qo‘shgan “hissalari” uchun shaxsan minnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: 12:42 28.04.2025. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!