Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) hukumati respublikaning birinchi rahbari Kim Ir Sen tug‘ilgan kundan boshlab hisoblangan Juche taqvimidan foydalanishni to‘xtatdi. Bu haqda Janubiy Koreya birlashish vazirligidagi manbaga tayanib Yonhap xabar bermoqda .
«Bu, ehtimol, [Shimoliy Koreyaning amaldagi rahbari] Kim Chen Inning o‘z shaxsiyatiga sig‘inish yaratish harakatlarining bir qismidir», — dedi manba.
Qayd etilishicha, KXDRning bosh gazetasi Nodong Sinmun 13-oktabrda Juche taqvimidan foydalanishni to‘xtatgan, 12 sentyabr kuni esa davlat rahbarining singlisi Kim Yo Chen nutq so‘zlab, 2024 yilni tilga olgan. Shu bilan birga, manba Shimoliy Koreya hukumati taqvimni keskin bekor qilish o‘rniga bosqichma-bosqich o‘zgartirishni taklif qildi.