Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shimoliy Koreya bir nechta ballistik raketa uchirdi — Reuters

Shimoliy Koreya bir nechta ballistik raketa uchirdi — Reuters

Agentlikning xabar berishicha, KXDR 19 aprel kuni o‘zining sharqiy qirg‘oqlaridan dengiz tomon bir nechta ballistik raketa uchirdi. Bu Pxenyanning 2026 yilda yettinchi, aprel oyida esa to‘rtinchi ballistik raketa uchirish holati hisoblanadi.

"Raketalar Shimoliy Koreyaning sharqiy qirg‘og‘idagi Sinpo shahri yaqinidan mahalliy vaqt bilan soat 06:10 atrofida uchirilgan", deyiladi Janubiy Koreya harbiylari bayonotida.

Holat yuzasidan Janubiy Koreya prezidenti idorasi xavfsizlik bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Bunday raketa sinovlari BMT Xavfsizlik kengashining KXDR raketa dasturiga qarshi rezolyusiyalarini buzadi. Pxenyan esa ushbu taqiqlarni rad etib, sinovlarni o‘zining “suveren mudofaa huquqi” deb atamoqda.

"AQSh Eronga e’tibor qaratayotgan bir paytda, Shimol Koreya buni o‘zining yadroviy va raketa salohiyatini oshirish uchun muhim fursat deb biladi", — deya fikr bildirdi Kyungnam universiteti professori Lim Eul-chul.

Kiritildi: Bugun 17:20. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!