Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Shifobaxsh shuvoqning salomatlikka foydali xususiyatlari

Shifobaxsh shuvoqning salomatlikka foydali xususiyatlari

Xalq tabobatida va milliy taomnomamizda ushbu giyohdan  keng foydalaniladi. Ilk bahorda  undan turli xil ovqatlar, pishiriqlar ham tayyorlanadi.

Xalq tabobatida esa 500 gramm  shuvoq 6 litr suvda mil-mil qaynatilib, 10 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, ovqat hazmi buzilganda, jigar, me’da, taloq, o‘t pufagi kasalliklarida foyda qiladi.

Shuvoq qaynatmasidan 10 kun 3 mahal 50 grammdan parhez bilan ichilsa (parhez: non-choydan boshqa narsa yemaslik), bavosilga davo, bezgakni tuzatadi, ishtahani ochadi, uyquni joyiga keltiradi, gijjalarni tushiradi.

Qaynatmani 15 kun 2 mahal yara-jarohatlarga surtib bog‘lansa, tuzatadi.

Qaynatmasini 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, hayzni me’yoriy holga keltiradi.

Shuvoqning ho‘lligida siqib olingan suvi sariq va istisqo kasalligida 20 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.

Qaynatmasini 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan och qoringa ichilsa, nafas yo‘llari shamollashi, kamqonlik, revmatizm, bronxial astma va uyqusizlik kasalliklarining oldini oladi.

Shuvoq qaynatmasi me’da-ichak yo‘li ishini jonlantirib, o‘t ajralishini va me’da osti bezi faoliyatini kuchaytiradi, ovqat hazmini yaxshilaydi. Ovqat tarkibidagi zararli bakteriya va zamburug‘larni o‘ldirib, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atib, yurak ishini joyiga keltiradi.Qaynatmani 15 kun 3 mahal 2 oshqoshiqdan ichish kerak.

Yana mutaxassis vrachingiz bilan maslahatlashib olishni unitmang.

Kiritildi: 23:00 16.10.2019. O'qildi: 2796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!