Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

SHHT mamlakatlari inflyuyenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda (FOTO)

SHHT mamlakatlari inflyuyenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda (FOTO)

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo mamlakatlarning yetakchi inflyuyenserlari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi va Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros​ universitetida Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashishdi.

Aziz Abduhakimov ular bilan muloqot qilar ekan, O‘zbekistondagi turizm sohasidagi islohotlar hamda SHHT sammiti oldidan Samarqand ruhini aks ettirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma’lumot berdi.

SHHT mamlakatlari inflyuyenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda (FOTO)

Inflyuyenserlar, o‘z o‘rnida, O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida bo‘lib, sohadagi o‘zgarishlarga shaxsan guvoh bo‘lganliklarini ta’kidlashdi hamda islohotlarni yuqori baholashdi.

“Anchadan beri tarixlar chorrahasi hamda ajoyib madaniy merosga ega bo‘lgan ushbu muqaddas zaminda bo‘lishni orzu qilardim. Xalqingizning mehmondo‘stligini-ku so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi! O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetining sohaviy ta’limga oid resurslari bilan mavjud kamchiliklar bartaraf qilinishiga shubha yo‘q. Turizm sohasi yildan yilga faqat yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Ta’kidlash lozimki, Samarqanddagi logistika bilan ko‘p yutuqlarga erishish mumkin – Buxorgacha 1,5 soat, 2 soat Toshkentgacha poyezdda qatnash, shuningdek ajoyib yangi aeroport – turizm sohasi uchun bundan yaxshi sharoit bo‘lishi mumkin yemas. Umid qilamanki, yaqin orada do‘stlarim bilan birga yana kelamiz, chunki ular hozirdanoq bu yerga qanday borish, nimalarni ko‘rish mumkinligini haqidagi savollar yo‘llashmoqda”, — deydi Rossiya Federasiyasi vakili – Butunjahon peterburgliklar klubi va Rus geografik hamjamiyati a’zosi Vladimir Dervenyov.

Shuningdek, u muloqot davomida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti kutubxonasiga “Gorod govorit” nomli mualliflik kitobini sovg‘a qildi.

SHHT mamlakatlari inflyuyenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda (FOTO)

SHHT mamlakatlari inflyuyenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda (FOTO)

Bundan tashqari, Qirg‘iziston vakili – taniqli bloger Adelet Nogoybayev ham O‘zbekistonga oid taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Samarqandga tashrif buyurib, o‘zim uchun yangi bir maskanni kashf etdim, — deydi Nogoybayev. – Jumladan, Silk Road Samarqand turizm markazi menda katta taassurot qoldirdi. Go‘yoki O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan nuqtalarini bir joyga jamlagandek. Ta’kidlashim kerakki, O‘zbekiston har yili turistlar uchun yangi syurprizlar tayyorlaydi.

Keyingi safar Samarqandga rafiqam bilan kelishni niyat qildim. Chunki bu yerda nafaqat tarixiylik bor, balki madaniyat, san’at, romantika bor. Bu yerda hatto quyosh botishi ham o‘zgacha".

Nogoybayev "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti haqida ham fikr bildirdi.

"Universitetda juda yaxshi sharoit yaratilgan. Har bir xona zamonaviy jihozlangan. Bu yerda yetarlicha ta’lim olish uchun hamma imkoniyat bor", – dedi bloger.

Nogoybayev shuningdek, Samarqandga sahoyat qilish, boshqa davlat blogerlari bilan tanishish, tajriba orttirish imkoniyatini yaratib bergani uchun Turizm va madaniy meros vazirligiga minnatdorlik bildirdi.

"Vazirlikning o‘ziga xos tashabbuslari doim meni quvontirgan. Bu safar ham o‘zimiz uchun juda ko‘p yangiliklarni kashf qildik. Ishonamanki, blogerlar o‘z yurtlariga qaytganlaridan keyin ancha vaqt O‘zbekistonni, Samarqandni eslab yurishadi", – dedi Nogoybayev.

SHHT mamlakatlari inflyuyenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda (FOTO)SHHT mamlakatlari inflyuyenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda (FOTO)

SHHT mamlakatlari inflyuyenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda (FOTO)

SHHT mamlakatlari inflyuyenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda (FOTO)

SHHT mamlakatlari inflyuyenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda (FOTO)

SHHT mamlakatlari inflyuyenserlari O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishmoqda (FOTO)

Ma’lumot uchun, xorijlik inflyuyenserlar sayohat davomida O‘zbekiston, xususan, Samarqand haqidagi ijobiy taassurotlarini o‘z platformalariga joylab borishmoqda. Bu esa SHHT sammiti arafasida Samarqandda qilinayotgan ishlar, SHHTda Samarqand ruhi va umuman O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga imkon beradi.

Ta’kidlash joizki, bundan avval SHHT davlatlari rassomlari, haykaltaroshlari, poygachilari va suratkashlari Samarqandda bo‘lib, SHHTda Samarqand ruhini yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Kiritildi: 19:48 03.09.2022. O'qildi: 2185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!