Jeshuv shahrida 75 yildan beri turgan "Qizil armiyaga minnatdorlik" yodgorligini demontaj qilish ishlari boshlangan.
Bu haqda Rossiyaning Varshavadagi elchixonasi xabar berdi. Elchixona mahalliy hokimiyat uni yana bir bor o‘z qarori haqida xabardor qilmaganini ta’kidladi.
Rossiyaning Polshadagi elchixonasi mahalliy hokimiyatga norozilik bildirib, Jeshuv uchun janglarda 2200 dan ortiq sovet askari halok bo‘lganini eslatdi.
Ulug‘ Vatan urushida Polshani ozod qilish uchun jami 600 ming Qizil armiya askarlari qurbon bo‘lgan.